Fuqaroning “yashil” yo‘lakdan tibbiyot buyumlarini noqonuniy olib o‘tish rejasi pand berdi

Sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlarni mamlakatimizga yashirincha, tegishli hujjatlarsiz olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro A.N. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 2538 dona turli tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.