Qishloq oilaviy poliklinikalariga EKG va UTT (UZI) apparatlari tarqatildi
- 22.04.2021 15:58
- 115
- Salomatlik
Qishloq poliklinikalaridagi asosiy muammo UTT apparatining yo‘qligi, borlarida esa mutaxassis yetishmasligi bilan bog‘liq edi. Ayni kunlarda Samarqandda bu masalada yaxshi yangilik tarqaldi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu kunlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillashtirish loyihasi doirasida viloyatga 43 ta EKG va yana shuncha UTT apparati keltirilib, barcha tumanlardagi qishloq oilaviy poliklinikalariga o‘rnatildi.

Bu esa viloyatimizda sog‘liqni saqlash tizimi ishini yangi bosqichga ko‘tarish, ayniqsa birlamchi bo‘g‘in faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda xalqning tibbiy xizmatdan roziligiga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, deyiladi xabarda.
Jihozlar tarqatilgani yaxshi, ammo uni amalda ishlatadigan mutaxassislar ham bo‘lsa nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- Kecha, 20:29
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Kecha, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Kecha, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Kecha, 16:30
- Dolzarb