Nurobodlik 28 yoshli ayolni shahvoniy maqsadlar uchun sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
- 03.06.2021 11:20
- 508
- Jinoyat va jazo

23 may kuni Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi va davlat xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
Samarqand shahar Spitamenshox ko‘chasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.N. va 1988 yilda tug‘ilgan K.B. Nurobod tumani Ulus mahallasida yashovchi, 28 yoshli B.B. ni, shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun Turkiya davlatiga yubormoqchi bo‘lib, tadbir ishtirokchilaridan 800 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, uning fuqarolik pasportini sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
OTMda tahsil olayotgan talaba nega repetitorga boryapti?
- 36 daqiqa avval
- Ta’lim
So‘zi va ishi bir saxiy inson
- 39 daqiqa avval
- Mutolaa
Adab ilmida benazir inson
- 2 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 3 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 3 soat avval
- Sport