Futbol, JCh-2026 saralash: Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi maydonga tushadi

Milliy terma jamoamiz ertaga, 10 iyun kuni JCh-2026 saralashi so‘nggi uchrashuvida Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga o‘yinga oid bir qator masalalar, xususan, reglament, media, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.
Futbolchilarimiz mazkur bahsda to‘liq oq, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.
O‘yin 10 iyun, soat 18:45 da Toshkent shahridagi "Bunyodkor" o‘yingohida boshlanadi.