Futbol: Milliy terma jamoamiz Osiyo kubogining nimchorak finalida maydonga tushadi. Raqib — Tailand

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi chorak final uchun Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:30 da «Al Janub» stadionida boshlanadi. Bosh hakam - malayziyalik Nazmi Nasaruddin. Unga qanot hakamlari - Muhammad Zairul, Arif Shamil (ikkalasi ham Malayziyadan) ko‘mak beradi. Zaxira hakami - Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf (Ummon), VAR - Omar Muhammad Ahmad (BAA), AVAR - Xolid Solih Alturais (Saudiya Arabistoni).
Mazkur o‘yin «Sport TV» orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Futbolchilarimizga omad tilaymiz!