Futbol to‘pi tok ishlab chiqaradi

Neft, gaz va ko‘mir ertami kechmi tugaydi. Xo‘sh, undan keyin nima qilish kerak? Uglevodorodli yonilg‘i turlari o‘rniga insoniyatga muqobil yoki qayta tiklanadigan energiya manbalari taklif etilyapti, deb yozadi AiF (2020 yil 13-son) haftanomasi.

Birinchi navbatda bu Quyosh, shamol, suv ko‘tarilishi va qaytishi, shuningdek, Yer qa’ri energiya manbalaridir. Biroq nisbatan original g‘oyalar ham bor.

Garvard universiteti bitiruvchilari tepilganda tok hosil qiluvchi futbol to‘pi yaratishdi. Tok o‘yin davomida akkumulyatorda to‘planadi va u yarim soatlik o‘yindan keyin uncha katta bo‘lmagan elektr asbobini ishlatishga bemalol yetadi. Masalan, svetodiodli stol chirog‘i yonadi. SOCCKET deb nomlangan bu to‘p hali kerosin chiroqdan foydalanishdan uchunchi dunyo aholisiga, ayniqsa qo‘l keladi.

T.ShOMURODOV tayyorladi.