FVB Past Darg‘omdagi ko‘p qavatli uylarda xonadonlarning isitish moslamalarini o‘rgandi

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Past Darg‘om tumani Balxiyon mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi xonadonlarida isitish moslamalaridan foydalanish holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida aksariyat xonadonlarda isitish moslamalari, jumladan, qo‘lbola pechlardan foydalanilayotgani aniqlandi va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Anvar TURDIQULOV,
Samarqand viloyati FVB xodimi.