G7 sammiti: infratuzilma loyihasi, sanksiyalar va Rossiyadan oltin importi taqiqi

G7 sanoati rivojlangan mamlakatlari, shuningdek, Ursula fon der Leyen vakili bo‘lgan Yevropa Ittifoqi yetakchilari Germaniya janubida bo‘lib o‘tayotgan sammitning birinchi kunida Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi bilan raqobatlasha oladigan infratuzilma loyihasini moliyalashtirishga kelishib olishdi.

“Katta yettilik mamlakatlari birgalikda 600 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratmoqchi”, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden. "Ushbu strategik investitsiyalar barqaror rivojlanish va umumiy global barqarorlik uchun muhim bo‘lgan loyihalar: sog‘liqni saqlash va tibbiyot, raqamli kommunikatsiya, gender tenglik va adolat, iqlim va energiya xavfsizligidir"

"Biz birdek ishlashimiz kerak", dedi Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen. “Bu investitsiyalar salohiyatini maksimal darajada oshirish va demokratik qadriyatlar: ochiqlik, tenglik va barqarorlik, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat huquqining yuqori standartlarini aks ettiruvchi iqtisodiy rivojlanish moliya kuchini namoyish etishning yagona yo‘lidir.

Avvalo, Ukrainadan muhim mahsulot – don, jumladan, bug‘doyni eksport qilish imkoniyatini cheklagan Rossiya blokadasi tufayli yuzaga kelgan oziq-ovqat inqirozi ham asosiy masalalardan biri. Shuningdek, AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiyadan oltinga embargo joriy etilishi haqidagi bayonoti kun tartibidan joy olgan. Sammitga yig‘ilgan dunyodagi yetti yetakchi demokratik davlatdan to‘rttasi - Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya va Kanada yetakchilari ham Rossiya oltinining importini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilish niyatida. London esa dunyodagi asosiy oltin savdo markazi bo‘lib, Rossiya o‘tgan yili 15,4 milliard dollarlik oltin eksport qilgan.

Yevropa Ittifoqi bu chorani 7-sanksiya paketining bir qismi sifatida ko‘rib chiqmoqda va sanksiyalar hamda Rossiya-Ukraina urushi tufayli neft narxi oshishini cheklash haqida munozaralar bormoqda. Urush va sanksiyalar mamlakatiga qanday ta’sir qilayotganini aytish uchun Hindiston, Janubiy Afrika va Senegal vakillari sammitga tashrif buyurgan.

Ushbu davlatlar Ukraina tovar jo‘nata olmayotganidan ayniqsa ko‘p jabr ko‘rmoqda. Shunday qilib, seshanbagacha - keyingi ikki kun qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda.