G7 yetakchilari Rossiyani qoraladi

G7 yetakchilari Rossiyani Ukrainada kimyoviy, biologik yoki yadroviy qurol qo‘llanilsa, “uning uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishidan” ogohlantirgan.

G7 ishtirokchilari Rossiyaning Ukraina fuqarolik infratuzilmasini ommaviy bombardimon qilishini qoraladilar va yana bir bor iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilishdi.

Dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ogohlantirish so‘zlarini diqqat bilan tingladi:

“Allaqachon ko‘rsatgan yordamingiz uchun sizga rahmat aytaman. U katta, u muhim. Ammo Rossiya rahbari, ayni paytda ehtimol hukmronligining so‘nggi bosqichida, hali ham kuchini ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Ammo bu imkoniyat barchamiz uchun tahdiddir.

Zelenskiy Rossiyani Belarusni urushga tortish istagida aybladi va G7ni harbiy yordamni oshirishga va o‘z mamlakatini Rossiyaning ommaviy hujumdan himoya qilish uchun havo qalqoni o‘rnatishga yordam berishga chaqirdi.

Moskva, o‘z navbatida, Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlash Ukraina xalqini azobini uzaytirishidan ogohlantirdi.