G7 sammitining yakuniy bayonoti bir varaq qog‘ozdan joy oldi
Fransiyaning Biarrits shahrida o‘tkazilgan “Katta yettilik” sammitining yakuniy bayonoti bir varaq qog‘ozdan joy oldi va savdo masalalari, Eronning yadro dasturi, shuningdek, Ukraina, Eron, Liviya va Gonkong muammolarini o‘z ichiga jamladi.
“Katta yettilik” ro‘yxatining birinchi bandini savdo masalalari band etdi. Hujjatda “Katta yettilik ochiq va adolatli xalqaro savdo tamoyillariga, shuningdek, jahon iqtisodiyotining barqarorligi tarafdoridir” deb qayd etilgan.
Eron yadro dasturi ro‘yxatning ikkinchi bandini egallagan. “Biz ikkita maqsadni to‘liq baham ko‘ramiz: Eronni yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l quymaslik, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash”, - deya ta’kidlashgan G7 a’zolari.
Hujjatning uchinchi bandini Ukrainadagi vaziyat egallagan. Bu bandda Fransiya va Germaniya “normand formatida” yaqin haftada uchrashuv tashkil qilishlari rejalashtirilganligi qayd etilgan.
Yakuniy bayonotning to‘rtinchi mavzusi Liviya masalasi bo‘lgan. “Katta yettilik” rahbarlari ushbu mamlakatdagi qurolli to‘qnashuvlardan saqlanishni ta’minlaydigan tuzilgan sulhni qo‘llab–quvvatlashlari ta’kidlangan. “Biz faqatgina siyosiy yechim Liviyadagi barqarorlikni ta’minlay oladi, degan fikrdamiz”, - deya yozilgan hujjatda.
Gonkongdagi voqealar bayonotning oxirgi bandidan joy olgan. Yakuniy bayonot mualliflari zo‘ravonlik ishlatilmasligiga chaqirishgan va 1984 yilda Buyuk Britaniya va Xitoy o‘rtasidagi dekloratsiyaning muhimligini ta’kidlashgan.
“Katta yettilik” sammiti o‘tgan shanba kuni Fransiyaning Biarrits shahrida boshlandi va dushanba kuni yakuniga yetdi.