G‘alati odat
Bu qadimiy odat necha yuz yillar o‘tsa-da, hamon Bolgariyada amal qilinib keladi. Gap shundaki, Yangi yildan tortib boshqa bayramlarda kukerlar deb ataladigan odamlar eng qo‘rqinchli qiyofa kasb etadigan liboslar, kaska kiyib, shahar bo‘ylab kezadi va birinchi duch kelgan xonadonga kirishadi.
Kukerlar yurishini karvanal ham deb atash mumkin, unga mamlakat turli burchaklaridan tumonat odam tashrif buyuradi. Ularning asosiy maqsadi bayramga xalaqit bermaslik uchun yovuz ins-jinslarni iloji boricha nari quvish.
Robot oyda baza quradi
Rossiya va boshqa yetakchi mamlakatlarda Oyda baza qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
Yaqinda Yulduz shaharcha - Yuriy Gagarin nomidagi kosmonavtlar tayyorlash markazida Oy roboti namoyish qilindi. Uning yordamida rossiyalik va boshqa mamlakatlar fazogirlari Oyda baza quradi.
Oy roboti tashqi ko‘rinishi qadimgi kentavrni eslatadi va shu nom bilan «Kentavr» deb ataladi. To‘rt g‘ildirakli platformada oldinda qo‘lli tana joylashgan va boshdagi boshqaruv tizimi oqali harakatlanadi. Tana orqasida yuk tashuvchi platforma va uchuvchisiz razvedkachi apparat o‘rnatilgan. Kosmik robotning boshqa tuzilishi hozircha sir tutilmoqda.
Daraxtlar qayerga boryapti?
Qiziq, daraxtlar ham yuroladimi? Ha, yurar ekan.
Rossiya o‘rmon nazorati xodimlari bunga guvoh bo‘ldilar. Kareliya Respublikasi, Arxangelsk oblasti va Baykalorti o‘lkasida ayrim daraxtlar, hatto butun bir o‘rmon qismi oldingi joyidan yarim metr siljigani aniqlandi.
Tadqiqotchilar aniqlashicha, daraxtlar yiliga besh santimetr tezlikkacha siljir ekan. O‘rmon nazorati xodimlari daraxtlar siljishi Yerning geografik magnit qutblari og‘ishi oqibatida sodir bo‘lyapti, degan xulosaga keldilar.
T.Shomurodov tayyorladi.