Genetika va mutatsiya ajoyibotlari: Ko‘k ko‘zlilar qanday paydo bo‘lgan?

Moviy ko‘zlar HERC2 genidagi mutatsiya natijasidir. Ushbu gen tashuvchilari ko‘z sohasida kam miqdorda melanin moddasi ishlab chiqariladi. Ushbu mutatsiya Qora dengiz sohilining shimoli-g‘arbiy qismida bir necha ming yillar oldin paydo bo‘lgan, shuning uchun ko‘k ko‘zlari bo‘lgan barcha odamlarni qarindoshlar deb hisoblash mumkin.

Qaysi hayvonlarda genlar miqdori ko‘p?
Genomi shifrlangan va o‘rganilgan barcha ko‘p hujayrali hayvonlar orasida genlar soni bo‘yicha yetakchi dafniya mitti qisqichbaqalaridir. Agar inson genomida 20-25 mingga yaqin gen bo‘lsa, dafniyada ularning 30 mingdan ortig‘i bor. Va genlarning uchdan biridan ko‘prog‘i boshqa organizmlarda takrorlanmaydi.

Insonning optimist yoki pessimist bo‘lishini birinchi navbatda nima belgilaydi? Har bir insonda optimistik yoki pessimistik qarash genetik jihatdan dasturlashtirilgan. Michigan universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, u miyadagi Y neyropeptidlarining konsentratsiyasi bilan bog‘liq. Konsentratsiyaning kamayishi odamni atrof-muhitni pessimistik va depressiv idrok etishga majbur qiladi.

Ota-onalarning hayotiy tajribasi bevosita avlodlarga o‘tishi mumkinmi?
Ota-onalarning travmatik tajribalari epigenetik meros orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodlarga o‘tishi mumkin. Atlantadagi Emori universiteti olimlari sichqonlar ustida tajriba o‘tkazib, ularda atsetofenon hididan qo‘rqish hissini uyg‘otishdi, buning uchun ular har safar hid paydo bo‘lganida hayratda qolishardi. Bu sichqonlarning bolalari va hatto nabiralari ham qo‘rquvni boshdan kechirdilar, bu hidni hidlagan nasllarning ba’zilari probirkada chatishtirilgan bo‘lib, ota-onalarini hech qachon tanimagan. Salbiy tajribani uzatishning o‘ziga xos mexanizmi hali o‘rnatilmagan, ammo tajribali erkaklarda spermadagi DNKning ba’zi qismlari qandaydir tarzda o‘zgarganligi aniqlangan.

Osiyoliklar va yevropaliklar turlicha terlashadi
Ha, olimlar butun dunyo bo‘ylab odamlarni terlash mexanizmini o‘rganishdilar. Ma’lum bo‘lishicha, Sharqiy osiyoliklar ter hidi yevropaliklarning terlashi yoqimsiz hidga ega emas emas. Buning sababi ovqatlanishdagi farqda emas, balki genlarda, deyishmoqla mutaxassislar. Birinchisida ter bezlari ortiqcha oqsillarni chiqarmaydi. Yevropoid irqiga mansub odamlarda esa teo bezlari ortiqcha oqsillarni ishlab chiqaradi. Aynan shu oqsillar o‘ziga xos o‘tkir hid chiqaradi.

Qanday genetik xususiyat insonning uyqu vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin?

Odam organizmi kuniga o‘rtacha 7-8 soat uyquni talab etadi. Uyqu va uyg‘onish siklini tartibga soluvchi hDYeC2 genida mutatsiya bo‘lgan hollarda esa uyquga bo‘lgan ehtiyoj 4 soatgacha kamayishi mumkin. Ushbu mutatsiyani tashuvchilar ko‘pincha qo‘shimcha vaqt tufayli hayotda va martabada ko‘proq yutuqlarga erishadilar. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher mana shunday kam uyquli xonim edi.

Inson DNKsining 8 foizi viruslardan tashkil topgan
Eng muhim genetik kashfiyotlardan biri bu viruslar nafaqat salomatlik uchun tahdid, balki evolyusiyaning dvigateli ekanligining aniqlanishi edi. Ma’lum bo‘lishicha, aynan ular genlarni bir organizmdan boshqasiga mutlaqo boshqacha (masalan, o‘simlikdan hayvonga) o‘tkazishga qodir. Shuning uchun inson DNKsida bizning shakllanishimizga ta’sir ko‘rsatgan viruslar bilan umumiy bo‘lgan juda ko‘p protein tuzilmalari mavjud.

DNKsi qo‘riqlanadigan mashhurlar?
Mashhur qo‘shiqchi Madonnaga gastrol safarlarida maxsus guruh hamrohlik qilgan edi. Guruhning vazifasi xonandaning DNKsi o‘g‘irlanishining oldini olishdan iborat edi. Madonna kiyinish xonasidan chiqqandan so‘ng, bu ishchilar u xonada qoldirgan soch tolalari, teri zarralari va so‘lak tomchilarini tozalashgan va shundan keyingina xonaga boshqa odamlarning kirishiga ruxsat berilgan.

Gepardlarning DNKsi nimasi bilan xavfli?
Bu genetik kodi bir-biriga 95 foizdan ko‘proq mos keluvchi dunyodagi yagona hayvon. Bu nima degani? Bir guruh hayvonlarining DNKsi mosligi 70-80 foizdan oshmasligi kerak. Aks holda, ular ko‘payish va hayotiylik bilan bog‘liq muammolarga duch kelishlari mumkin. Afsuski, bu yovvoyi mushuklar geni bir-biriga juda yaqin. Shu sababli, ular har xil infeksiyalarga juda moyil bo‘lib, tezda nobud bo‘lishadi.

Tog‘li xalqlar qon mutatsiyasida qanday o‘ziga xoslik bor?
Inson qanchalik sog‘lom va chiniqqan bo‘lmasin, yerning juda baland qismlarida kislorod niqobisiz yashay olmaydi. Kislorod konsentratsiyasi me’yordan 40% past bo‘lgan bunday balandliklarda oddiy odamlarda miya va o‘pka faoliyatida muqarrar o‘limga olib keluvchi muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ammo shunga qaramay, yuksak tog‘ cho‘qqilaridagi qishloqlarda xotirjam tiriklik zavqini surib yurgan tibetliklar ham bor. Ularning siri qon genlari mutatsiyasida yashiringan. Bu aholi qon gemoglobinining boshqalarga nisbatan o‘ta yuqori ekanligi ularga dengiz sathidan 4300 - 4600 metr balandlikda ham nafas olishda yordam beradi.

Dilora Xoliqova tayyorladi.