Germaniya karantinni kuchaytirdi, Italiya restoranlarini ochdi
Yengil karantin choralari natija bermadi va Germaniya aholisi an’anaviy qishki bazmlardan voz kechishga majbur. Ular Rojdestvoni to‘qqiz kishidan ko‘p bo‘lmagan tor doirada nishonlashi mumkin. Yangi yilda ommaviy yig‘inlar butunlay taqiqlangan. Jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichilsa, jarima. Maydonlarda pirotexnika vositalaridan foydalanishni mahalliy hukumat hal qiladi.
Bundan tashqari, nemislar archa ostidagi sovg‘asiz qolishi mumkin: "Chakana savdo do‘konlari 16 dekabrdan e’tiboran yopiladi. Qolgan ochiq magazinlarda faqat oziq-ovqat va eng zarur mahsulot sotib olish mumkin. Shuningdek, u yerda nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi paydo bo‘lmasligiga harakat qilamiz. Bundan tashqari, biz Yangi yil arafasida pirotexnika vositalarini sotishni taqiqlaymiz", dedi Germaniya kansleri Angela Merkel.
***
Ayni paytda, Italiya cheklovlarni yumshatmoqda. Yakshanba kunidan boshlab mamlakatda koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan "qizil hududlar" endi rasman mavjud emas. Rangini birinchilardan bo‘lib "sariq"qa almashtirgan Lombardiya aholisi va nihoyat erkinlik tuyg‘usini to‘laqonli his etish uchun yangi ochilgan bar va restoranlarga yo‘l olishdi. Ammo bunday joylarda faqat kechki soat 18:00 gacha o‘tirish mumkin xolos. Soat 22:00 da barcha uyida bo‘lishi shart. Chunki mamlakatda hali ham komendantlik soati o‘z kuchida.
"Men bu yerga kelishni juda xohlardim. Bugun ertalab uyg‘ondim va shu zahoti qaror qildim: birinchi navbatda sevimli kafemga boraman va nonushta qilaman. Men baxtliman", deydi mahalliy fuqaro.
"Albatta, bularning barchasi bizga yetishmayapti", deydi u bilan yana bir italiyalik.
***
Pandemiyaga qaramay, Rojdestvo oldi talvasasi Portugaliyani qamrab oldi. Karantin yengilligi kuchga kirgan Lissabondagi bir nechta hududlar savdo markazlari oldida olomon saf tortmoqda. Mahalliy hokimiyat fuqarolarni dam olish kunlari aholi gavjum bo‘lgan joylarga borishdan tiyilishga chaqirmoqda.
***
Rossiya poytaxti aholisi uchun xushxabar. Shahar hokimi Sergey Sobyanin Yangi yil bayramlarida Moskvada komendantlik soati bo‘lmasligini e’lon qildi. Shuningdek, spirtli ichimliklar savdosi cheklovlarini bekor qildi.