Germaniyadagi cherkov 400 yillik sukutdan so‘ng "jodugarlar" yoqib yuborilgani uchun kechirim so‘radi
Germaniyaning Ayxshtet shahridagi katolik cherkovi 400 yillik sukutdan so‘ng "jodugarlar" yoqib yuborilgani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda “The Independent” gazetasi xabar bermoqda.
XV-XVIII asrlarda Bavariya shahrida sehr-joduda gumon qilinib, yuzlab odamlar shafqatsiz qiynoqqa solindi va qatl etildi. Faqat hozirgina Ayxshtet katolik cherkovi sodir etilgan qotilliklar uchun kechirim so‘radi. Shahar arxiepiskopi Gregor Mariya Frans Xanke o‘sha voqealarni "cherkov tarixidagi qon sizgan yara", deb atadi va cherkov hududida qurbonlar xotirasiga yodgorlik lavhasini o‘rnatishga qaror kildi.
O‘sha zamonlarda Yevropada sehrgarlikda gumon qilinib, taxminan 60 mingga yaqin kishi qatl etilgan. Shulardan 25 ming nafari hozirgi Germaniya hududida o‘ldirilgan. Qurbonlarning aksariyati ayollar, ammo ular orasida erkaklar va hatto bolalar ham bor edi.
Germaniyada "jodugarlar ovi" qurbonlarini reabilitatsiya qilish kampaniyasi 2011 yilda ruhoniy Xartmut Xegelar tashabbusi bilan boshlandi. O‘shandan beri kompaniya sa’y-harakatlari bilan Germaniyaning 50 dan ortiq shahri, shu jumladan, Keln va Leypsigda jodugarlikda ayblanib qatl qilinganlar vafotidan keyin reabilitatsiya qilindi. Ularning sharafiga yodgorlik lavhalar o‘rnatildi. Ba’zi hollarda hatto ko‘chalarga nomlari berildi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.