Germaniyadagi ommaviy namoyishlarda 8 nafar politsiyachi tan jarohati oldi

Germaniyaning Leypsig shahrida boshlangan namoyishlar tartibsizliklar bilan yakunlandi. Bu haqda Tagesschau yangiliklar dasturi saytida mahalliy politsiya taqdim etgan ma’lumotga tayanib xabar qilindi.

Politsiya matbuot kotibi bergan xabarga ko‘ra, juma kuni kechqurun Leypsigda 200-300 nafar odam yig‘ilgan ommaviy namoyish, tartibsizliklarga ulanib ketgan. Namoyishchilar politsiyachi va ularning avtomobillariga tosh otgan va chiqindi qutilariga o‘t qo‘ygan.

Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo‘lgan. Oradan bir soatlar atrofida vaqt o‘tganidan so‘ng tartibsizliklar ishtirokchilarini tinchlantirishning uddasidan chiqilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 8 nafar politsiya xodimi yengil tan jarohati olgan.
OAVning ma’lum qilishicha, namoyishlar 3 sentyabr kuni faollar tomonidan egallab olingan tashlandiq uyni politsiya xodimlari tozalaganlaridan so‘ng boshlangan.