Gidrometeorologiya xizmati agentligi respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi

Jumladan, 2025 yil 17-22 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari respublikamizning quyidagi tumanlarida qor ko‘chish xavfi kuzatilishi mumkin.

- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

- Namangan viloyati: Pop tumanida.