“Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
☑️ Hukumat qarori (356-son, 09.06.2021 y.)ga ko‘ra, mazkur ko‘krak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qo‘shgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.
📝 Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”) tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 aprelga qadar “O‘zgidromet”ga taqdim etadi (nomzod haqida ma’lumotnoma, uning so‘nggi uch yil davomida sohada amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi).
🗓 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya hujjatlarni o‘rganib, har yili 20 aprelga qadar munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qiladi.
✅ Ko‘krak nishoni har yili 7 may – “O‘zgidromet” tashkil topgan kun arafasida tantanali tarzda topshiriladi.
💰 Taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
❕ Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi, deyiladi Huquqiy axborot taqdim etgan ma’lumotda.