Giyohvandlik vositasini yetishtirgan shaxsga hukm o‘qildi
1981 yilda tug‘ilgan Alisher Qo‘chqorov (ismlar o‘zgartirilgan) ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, giyohvandlik vositalarini yetishtirish qonunga xilof ekanligini bilgan holda Xatirchi tumani Kattasoy qishlog‘idagi yashash hovlisi tomorqa yer maydonida 2 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.
Xatirchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qora-dori 2020” tezkor profilaktik tadbiri davomida A.Qo‘chqorov tomonidan yetishtirilayotgan giyohvandlik o‘simliklari xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Sud A.Qo‘chqorovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, Jinoyat kodeksi 270-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topdi. Fuqaroga oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oyga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi.
Suyun BO‘TAYeV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tumani sudi raisi.