GlobalgG.A.R. nima? Organik oziq-ovqat mahsulotlari standarti-chi?

"GLOBALG.A.P." standarti dunyoning 120 dan ortiq davlatida amal qiladi va shu davlatlardagi savdo tarmoqlari, qayta ishlash korxonalari, umumiy ovqatlanish majmualarida mazkur standart asosida yetishtirilgan mahsulotlardan foydalaniladi. Bu andaza talabiga ko‘ra, yerni shudgorlashdan boshlab hosil yetishtirishgacha barcha jarayon tabiatga zarar yetkazmagan holda olib borilib, tabiiy yo‘llar bilan mahsulot yetishtirish lozim.

"Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari" standarti tabiatga zarar keltiruvchi vositalardan foydalanmasdan agroekotizimning sanitariya holatini yaxshilaydigan, tuproq unumdorligini oshirish, insonlar sog‘lig‘ini muhofaza qiladigan ishlab chiqarishni boshqaradigan tizim hisoblanadi. Ya’ni, mahsulot yetishtirishning barcha bosqichlarida tabiiy yondashuv, kimyoviy o‘g‘itlar va gibridlardan foydalanmaslik talab etiladi.

Sirojiddin ABILOV,

Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat

korxonasi mutaxassisi.