Go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq holatlar muhokama qilindi
Viloyat hokimligida o‘tkazilgan muhokamada 20-29 fevral kunlari oralig‘ida viloyatda 4 nafar - Oqdaryo tumanida 2 nafar, Nurobod va Urgut tumanlarida 1 nafardan go‘dak o‘limi sodir bo‘lganligi ma’lum qilindi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot birlashmalari rahbarlari, oilaviy shifokorlar, patronaj va doya hamshiralarning holatlar bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Prokuratura organlari tomonidan tibbiyot xodimlarining qo‘ygan tashxislari va go‘daklar o‘lim sabablari, mas’ullarning harakati yoxud harakatsizligi masalalari o‘rganilayotganligi va tez kunda yakuniy xulosa e’lon qilinishi ma’lum qilindi.
Muhokama yakunida mas’ullarga xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va go‘dak o‘limi yuqori bo‘lgan hududlar tibbiyot xodimlarini reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi bo‘yicha o‘qitish, tug‘ruqxonalarni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.