“GOLDEN PLASTIS PIPES” MChJda O‘zLiDePning boshlang‘ich partiyasi tashkil etildi
Samarqand tumanidagi “GOLDEN PLASTIS PIPES” MChJ korxonasi 2016 yilda ish faoliyatini boshlagan bo‘lib, asosan, kurilish va montaj mahsulotlari, polepropilen quvurlar, fitiglar va profillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Shu kungacha MChJda 20 kishi mehnat qilib kelayotgan bo‘lib, 2019 yilda korxonani kengaytirish va xorijdan yangi asbob uskunalar keltirish hisobiga 25 ta yangi ishchi o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
“GOLDEN PLASTIS PIPES” MChJ o‘tgan davr mobaynida eksportga mo‘ljallangan 10 turdan ziyod kurilish montaj quvurlari ishlab chiqargan bo‘lsa, joriy yildan boshlab ularning soni 30 turdan oshdi.
Korxona uchun mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichi birinchi o‘rinda turadi.Shu bois mutaxassislarning malakasini xorijda, xususan, Xitoy xalq respublikasida oshirishga e’tibor qaratmoqda.
-Mahsulotlarimizga nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, qo‘shni Tojikistonda ham talabgorlar bor. 2019-2020 yillarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga ham eksport qilishni rejalashtirganmiz. Maqsadimiz, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, yurtimiz iqtisodiyotini gullab yashnashiga xizmat qilishdir, - deydi suhbatda “GOLDEN PLASTIS PIPES” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori A’zam Akramov.
Yaqinda korxonada O‘zLiDeP ning boshlang‘ich tashkiloti ish boshladi. Shu munobasat bilan O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining bir guruh vakillari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishchilar bilan uchrashdi.
Unda mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “Har bir oila tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida tushunchalar berildi. Tadbir so‘nggida korxonaning 10 dan ortiq ishchi xodimlariga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.
Baxtigul Qarshiyeva, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.