Go‘sht, sut va tuxum narxi keskin oshmasligi shart – eplay olmaganlar ishdan ketadi

O‘tgan hafta go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxini barqaror saqlash maqsadida QQSning yarmini keshbek qilish tartibi tasdiqlandi. Bu chora korxonalarni “soya iqtisodiyot”dan chiqarib, rasmiy faoliyat yuritishga undashga qaratilgan.
- Keshbekni bir kunga bo‘lsa ham kechiktirmaslik shart, - dedi Prezident. - Hokimlarni ham ogohlantiraman: yangi mexanizm asosida go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi kerak. Buni eplay olmaganlari ishdan ketadi!
Shuningdek, sud qarorlari ijrosi masalasi ham tanqid qilindi. Prezidentga ko‘ra, o‘tgan yili MIBga yuborilgan har 5 ta sud qaroridan 1 tasi ijro etilmagan, bu esa fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.