Go‘sht va o‘simlik yog‘ini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati uzaytirildi
- 06.05.2022 16:17
- 79
- O‘zbekiston

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Oldin bu muddat 2022 yil 30 aprelgacha edi.
Go‘shtni (mol, qo‘y go‘shti), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.
Tovuq go‘shti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz 2022 yil 30 aprelgacha etib o‘zgartirishsiz qoldirildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Issiq kunlarda qanday taomlanish kerak?
- Kecha, 12:54
- Salomatlik
Sog‘lom yurak – sog‘lom hayot
- 17/05, 23:52
- Salomatlik