Guver to‘g‘oni, Oregon girdobi va tepaga talpinadigan sharshara: Gravitatsiyaga qarshi turadigan joylar
Aytishlaricha, bu dunyoda Yerning tortishish kuchi ta’sir qilmaydigan hech narsa yo‘q va havoga ko‘tarilgan har qanday narsa, u og‘irmi yoki yengil, suyuq yoki qattiq bo‘lishidan qat’iy nazar, albatta qulab tushadi. Shunday bo‘lsa-da, sayyorada kishini hayratga soladigan tabiatdagi tortishish kuchi ish bermaydigan ba’zi joylar mavjud.
Guver to‘g‘oni, Nevada
Kolorado daryosining Qora darasida qurilgan kamar shaklidagi Guver to‘g‘oni Amerikaning ikkita - Arizona va Nevada shtatlari chegarasida qurilgan. Bu yerda tortishish kuchi ishlamayotganini ko‘rish va ishonch hosil qilish uchun oddiy tajriba o‘tkazish kifoya. Shunchaki shishadagi suvni to‘kib tashlagan kishi suvning pastga tushmasdan, yuqoriga qarab “uchib” ketishini kuzata oladi.
Angliyadagi teskari sharshara
Angliyada suvi teskari yo‘nalishda, ya’ni pastdan tepaga oqadigan sharshara bor. Bu sharshara Xeyfild yaqinidagi Derbishir cho‘qqisi hududida joylashgan.
Fotosuratda daryoning ma’lum bir nuqtaga quyilib, keyin teskari yo‘nalishda oqib chiqishi tasvirlab berilgan. Bu yerdagi shamol bosimi juda kuchli bo‘lib, u suvning yuqoriga oqib chiqishiga sabab bo‘la oladi, degan taxminlar bor.
Oregon girdobi
Oregon shtatidagi Gold Hill shahri yo‘l chetida juda mashhur joy bor. Qadimda yashagan odamlar esa manzilgohni tashlab ketgan va ma’lum muddatgacha bu yerga kelish taqiqlangan. Hozirda odamlar u yerda sodir bo‘ladigan juda g‘ayrioddiy narsalarni boshdan kechirishi tufayli diqqatga sazovor joyni ziyorat qilishni yaxshi ko‘rishadi. Bu yerda har doim tik turib, yerga yiqilmaydigan supurgi bor, to‘plar hatto tekis yuzalarda ham dumalab yuradi. Ko‘pchilik bunday g‘alati hodisalarning sababini aniqlash uchun maxsus qurilmalardan foydalandi, biroq holatning asl sababini hali hech kim aniqlay olganicha yo‘q.