G‘alati narsalarga atab nomlangan mamlakatlar

Avvalroq, ana shunday g‘ayrioddiy ma’nolar beradigan mamlakatlar haqida ma’lumot bergandik. AdMe.ru dunyoning boshqa burchaklaridagi mamlakatlarning haqiqiy nomlari ortida nima yashiringani bilan yana qiziqdi.

Niderlandiya - «past yerlar»

O‘rta asrlarning oxirida Reyn, Maas va Shelda daryolarining quyi oqimidagi Shimoliy dengiz qirg‘og‘ida joylashgan hudud «quyi yerlar» - Niderlandiya (de Nederlanden) deb atala boshlandi.

Monako - «tanho uy»

Bir farazga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asrda Liguriya qabilalari Monoykos (Monoikos) koloniyasiga asos solgan. Monos yunoncha «yolg‘izlik», «oikos» esa «uy» degan ma’noni anglatadi.

Kamerun –«qisqichbaqalar daryosi»

Ushbu G‘arbiy Afrika mamlakati nomlanishining kelib chiqishi mahalliy daryoning eski nomi bilan bog‘liq bo‘lib, portugallar uni Rio dos Kamaraz (Rio dos Camarões) deb atashgan, bu so‘z to‘g‘ridan-to‘g‘ri «qisqichbaqalar daryosi» deb tarjima qilinadi.

Italiya - «buzoqlar mamlakati»

Eng keng tarqalgan nuqtai nazarga ko‘ra, nomlanish Oskan tilidagi «vateliyu» (Viteliu) atamasidan kelib chiqqan va «buzoqlar mamlakati» degan ma’noni anglatadi.

Singapur – «sherlar shahri»

Janubi-Sharqiy Osiyodagi shahar-davlat malaycha singa (sinha) –“sher va sanskritcha «pura» (pura)  - shahar so‘zlaridan kelib chiqib nomlangan.

Kipr – «mis»

Mavjud taxminlardan biriga ko‘ra, bu nom qadimiy eteokipr tilidan kelib chiqqan va orolning mis konlariga boyligidan ishora qiladi.

Kanada - «qishloq»

Mamlakatning nomi zamonaviy Kvebek yaqinidagi Stadakona qishlog‘ida yashagan lavrentiyaliklar sulolasi tilidagi «kanata» (kanata) - «manzilgoh», «qishloq» so‘zlaridan kelib chiqqan.

Avvaliga bu so‘z faqat bitta qishloqni, keyin butun bir mintaqani nomlash uchun ishlatilgan va tez orada nomlanish Shimoliy Amerikadagi Britaniya imperiyasi tomonidan boshqariladigan qo‘shni hududlar bo‘ylab tarqalgan.

Chili - «Yer tugaydigan joy»

Bir farazga ko‘ra, mamlakat o‘z nomini hindularning «yerning oxiri» degan ma’noni anglatuvchi so‘zidan olgan. Mapuche tilida «chili»(chilli) so‘zi«yer tugaydigan joy» deb tarjima qilinadi.

Papua-Yangi Gvineya - «jingalaksoch odam»

Tinch okeanidagi bu davlatning nomi malaycha «orang papua» - «jingalak sochli qora boshli odam» iborasidan kelib chiqqan. 1526 yilda orolga kelgan portugaliyalik Xorxe de Menezes mahalliy aholining sochini ko‘rganidan keyin bu yerni shunday atashga qaror qildi.

Xuddi shu asrda orolga tashrif buyurgan ispan navigatori Inigo Ortiz de Retes Afrikadagi Gvineya aborigenlari va mahalliy aholining o‘xshashligini ko‘rib, unga «Yangi Gvineya» nomini berdi.

Gabon - «kapyushonli palto»

Ushbu Markaziy Afrika davlatining nomi mahalliy daryoning portugal tilidagi Gabayo (Gabão) nomidan kelib chiqqan bo‘lib, «kapyushonli palto» degan ma’noni anglatadi. Ushbu nomlanish daryo etagining o‘ziga xos shaklidan kelib chiqqan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.