Infografika: Mamlakatlar elektr energiyani qayerdan oladi?

Hozirda butun dunyo bo‘ylab ko‘mir, gaz va neft elektr energiyasining maqbul manbalari bo‘lib qolmoqda. Lekin ba’zi davlatlar qayta tiklanadigan energiyaga tayana boshladi. Ushbu infografika mamlakatlar elektr energiyasi olish uchun qaysi manbalarga tayanishini aniq ko‘rsatib beradi.

Jahon bo‘ylab ma’lumotlarni yig‘ish va dasturiy ta’minot yetakchisi Dewesoft ta’kidlaganidek, butun dunyoda an’anaviy energiya manbalaridan faol foydalanish davom etmoqda. Misol uchun, gaz - Rossiya, AQSh, Italiya, Isroil, Yaponiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlardagi energiyaning asosiy tayanchi bo‘lib qolmoqda.

Xitoy, Janubiy Koreya, Mongoliya, Chexiya va Avstraliyada ko‘mirdan foydalaniladi. Neft Estoniya, Gonkong, Niger, Suriya va Puerto-Riko uchun elektr energiyasining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Fransiya va Finlandiya kabi qator davlatlar birinchi navbatda atom energiyasiga tayanadi.

Ba’zi mamlakatlar bosqichma-bosqich qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tmoqda. Gidroenergetika eng ko‘p qo‘llaniladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan biri bo‘lib, unga Norvegiya, Shveysariya, Ruminiya, Tojikiston, Shimoliy Koreya kabi mamlakatlarda talab yuqori.

Yana bir mashhur qayta ishlanadigan energiya manbasi - shamol energetikasi generatorlaridan Daniya, Germaniya va Lyuksemburgda faol qo‘llaniladi. Shuningdek, dunyo mamlakatlarida asta-sekinlik bilan yashil energiya manbalari, jumladan, quyosh energetikasi ommalashib bormoqda.

Boshqa resurslarga biomassalar (yog‘och, biogaz, etanol va biodizel kabi organik materiallar) va geotermal energiya kiradi. Ular rivojlanayotgan mamlakatlar va an’anaviy qazib olinadigan yoqilg‘ilardan uglerod chiqindilari chiqarishdan o‘zini olib qochishga intilayotgan mamlakatlarda qo‘llaniladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.