“Men Malika Dianaman!”. Bolakay o‘zining o‘tgan hayoti haqida gapirib berdi
Avstraliyalik yetti yoshli Billi Kempbell o‘tgan hayotida malika Diana bo‘lganligi haqida da’vo qilmoqda. Masalan, u “o‘z toychoqlarini” ko‘p eslaydi - bola shahzodalar Uilyam va Garrini shunday deb chaqiradi. Billi Kempbellning ota-onasi o‘g‘liga qirollik oilasi a’zolari haqida hech narsa aytib bermaganliklarini ta’kidlaydi, biroq bolakay ularga muntazam marhum malika hayotining unchalik ma’lum bo‘lmagan tafsilotlarini aytib beradi.
Ledi Di “reinkarnatsiya”si
Billi Kempbell malika Diananing o‘limidan 18 yil o‘tgandan keyin tug‘ilgan. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, ikki yoshida tilga kirgan bola o‘zining go‘yoki o‘tgan hayoti tafsilotlarini eslay boshlagan.
Bu tasodifan sodir bo‘ldi. Billi qaysidir jurnalda malika Diana fotosuratini ko‘rib qoldi va “Oh, bu mening o‘tgan hayotimda bo‘lgan edi”, deb aytdi.
Billining bu qilig‘i ota-onasini qo‘rqitib yubordi: lekin bola tinmasdan Diana hayotining hech kim bilmagan tafsilotlarini aytib berdi. Misol uchun, bir kuni u Diananing tug‘ilishidan oldin vafot etgan akasi Jonni esladi. Billi, shuningdek, devorlarida bir shoxli hayvonlari bor katta qal’ani tavsiflab berdi. Ajablanarlisi, Britaniya monarxlarining Shotlandiyadagi qarorgohi - Balmoralning interyerida aynan shunday bir shoxli afsonaviy hayvon bezagi bor, tabiiyki, malika Diana u yerga tashrif buyurib turgan. Balmoral qal’asi mavjudligi va farzandining uni batafsil tasvirlab berishi ota-onani shoshirib qo‘ydi.
“Balmoral Shotlandiyaning timsoli bo‘lgan bir shoxli hayvonlar bilan bog‘liq”, deyishadi ekspertlar.
Billi Kempbell yaqinda ota-onasini o‘tgan hayotidagi yana bir dahshatli “xotira” bilan hayratda qoldirdi. U sirenalar jiringlay boshlaganida, “malika bo‘lishda to‘xtagani”ni aytdi.
Malika Diana 1997 yilning 31 avgustida avtohalokatdan keyin kasalxonada vafot etdi. Lekin yetti yoshli bola u qanday vafot etgani haqida qanday bilishi mumkin? Billining ota-onasi unga qirollik oilasining tarixi haqida hech narsa aytmaganini da’vo qiladi. Lekin ularning so‘zlariga ishonish mumkinmi?
Yan Stivensonning tadqiqoti: “Bureinkarnatsiya bo‘lishi mumkin”
Kanada va Amerika biokimyogari, psixiatr Yan Stivenson ko‘p yillar davomida ushbu hodisani o‘rgandi. U turli mamlakatlarga sayohat qilib, o‘tmishdagi voqealar haqida gapirib bergan bolalar bilan muloqot qildi.
Ikki yarim mingga yaqin bola ishtirok etgan tadqiqotda bolalar o‘zi ilgari hech qachon bormagan ko‘chalar, shaharlar va uylarni tasvirlab berishdi. Ba’zilar hatto o‘zlarining taxminiy o‘tmishdagi tanishlarining ismlarini ham aytishdi. Ajablanarlisi, bolalar hikoyalarining yarmidan ko‘pi tasdiqlandi.
Shunday bo‘lsada, Yan Stivensonning hamkasblari uning tadqiqotlarini tanqid qilib, psixiatrning usullarini soxta fan namunasi deb atashdi. Stivensonning o‘zi esa tadqiqotlari orqali u hech qachon riyenkarnatsiya mavjudligini isbotlashga da’vo qilmagani va hodisani “Bu reinkarnatsiya bo‘lishi mumkin” deb ataganini aytdi.
Aksariyat olimlar bolalar tasavvurlari juda yaxshi ishlaydi va o‘tmishdagi hayot haqidagi xotiralar cho‘pchak, bolalar tafsilotlarni televizion dasturlar, filmlar, kitoblar va suhbatlar parchalaridan oladi, deb hisoblashadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.