H2O – boqiy hayot formulasi: Suvtejamkorligiga faqat texnologiya bilan emas, madaniyat bilan erishiladi

Afrika hayotini aks ettiradigan bir filmdako‘rgan edim. Erkak uzoq va mashaqqatli mehnat bilan qattiq bir mevaga chopqi yordamida ishlovberadi. Uzoq urinishlardan keyin yakundaundan bir piyolacha suvni siqib oladi. Bu o‘sha erkak va oilasining chanqog‘ini qondiradigan yagona manba edi.
Film - qurg‘oqchilikning og‘ir oqibatlarini suvga mushtoq insonlarning ko‘zlarida, bolalarning qurib qolgan lablarida namoyon etgan edi. Men esa, tashnalikni o‘z tanasida, ruhiyatida his etayotgano‘sha bolalarning nigohlaridan ko‘chgan og‘riqni, jo‘mrakni bir burash badalida unutib yuborgan edim.
Biz uzoq yillar – “suv resurslari tugamaydi, suvtabiatdagi aylanma harakati jarayonida tiklanib, yangilanib turadi, suvning miqdori ham, sifatiham o‘zgarmaydi” degan nazariyani ongimizgamustahkam o‘rnashtirib olgan edik. Shu asnoda bunoto‘g‘ri illyuziya qobig‘ida, suvga “sovuq” munosabatda bo‘lishda davom etaverdik. Qatra suvning qadriga yetmay, “suvtekin” deb, oldimizdanoqqanni qadrlamadik. Oqibatda xavotirliraqamlar qog‘ozlardan hayotga ko‘chib bormoqda. "Tabiatni inson izmiga bo‘ysundirish" jarayonidaqo‘yilgan xatolar oqibatida planetada bugungikunga kelib, tinchlik va xavfsizlik muammolarinichambarchas bog‘lovchi suv muammosi ortib bormoqda.
Bugun yer yuzidagi 2 milliarddan oshiq aholi tozaichimlik suviga muhtoj, 2 mld 300 mlndan ortiq odam esa sanitariya talablariga javob bermaydiganobihayotdan iste’mol qilishga majbur.Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2050 yilga qadar suvga bo‘lgan talab yana 50 foizga oshadi. Shu raqamlarning o‘zi ham tabiatning bebaho ne’mati bo‘lgan obihayotdan tejamkorona, oqilona foydalanishga undaydi.
Keyingi yillarda suvni iste’mol qilish shunday jadal sur’atlar bilan o‘smoqdaki, insoniyat bugungi suv resurslari taqchilligi va ularning sifatini yomonlashib borishi sharoitida, o‘zining kelajakdagi suvga bo‘ladigan ehtiyojlarini qandayta’minlash kerakligi haqidagi chuqur o‘yga tolmoqda. Bugungi kunga kelib suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash – dunyoda butun boshli mintaqalar va mamlakatlarning barqaroriqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi masalalardan biriga aylandi. Mazkur masala suv resurslari cheklangan, iqtisodiyoti va aholisi tez o‘sib borayotgan, iqlim o‘zgarishita’sirlari tobora ko‘proq sezilayotgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik realliklar sharoitida o‘ta dolzarb va yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda.Markaziy Osiyo davlatlari ichida O‘zbekiston — agrar salohiyati yuqori, ammo tabiiy resurslariga nisbatan mo‘’tadil munosabat talab etiladigan mamlakat. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston “suv defitsiti yuqori” bo‘lgan mamlakatlar qatorida turibdi. Mamlakatning asosiy suv manbalari – Amudaryo va Sirdaryo – davlat hududidan tashqarida shakllanadi. Ammo bu daryolarda so‘nggi o‘n yilliklarda yuqori oqimda joylashgan davlatlardagi ortiqcha suv olish, GES qurish va melioratsiya loyihalari tufayli pastki oqimda sezilarli darajada kamayish sezilmoqda. Bu o‘z navbatida, O‘zbekistondagi suv ta’minotiga salbiy ta’sir qilish ehtimolini oshirmoqda. Shu maqsadda so‘ngi yillarda O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq muammolarni oldini olish, suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Uzoq yillar sohada suvdan samarali foydalanish, hisobini yuritish, irrigatsiya tarmoqlarida suv tejovchi yangi texnologiyalarni qo‘llash kabi chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etish zarurati mavjud edi.
Ma’lumki, suvning 90 foizi qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Shu paytga qadar irrigatsiya tizimlarining eskirgani va suvning yo‘qotish darajasining yuqoriligi (ba’zi manbalarda 40–50% gacha) bu sohadagi muammolarni kuchaytirar, hududlarda suvni boshqarish usuli eskicha bo‘lib,zamonaviy innovatsion tizimlar joriy qilishni talab qilar edi. Shu sabab, keyingi yillardasuvdan foydalanish koeffitsiyentini yanada oshirish uchun irrigatsiya tarmoqlaridagi yo‘qotiladigan suv miqdorini kamaytirish,sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya-melioratsiya ob’yektlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari bosqichma bosqich amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.
- Avvallari respublika miqyosidagi sug‘orish tarmoqlarining faqat 23 foizi beton bo‘lib, xususan, kanallarning foydali ish koeffitsiyenti pastligi (va 35-40 yildan beri ta’mirtalab bo‘lib qolganligi) sabab, ichki tarmoqlarda suv ko‘p yo‘qotilar edi. Prezidentimiz raisligida 2024 yil 7 noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, kanal va ariqlarni betonlashtirish, suv boshqaruvini isloh qilish masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi. Darhaqiqat, suvdan foydalanish koeffitsiyentini yanada oshirish uchun uning irrigatsiya tarmoqlaridagi yo‘qotiladigan miqdorini kamaytirish kerak bo‘ladi. Buning uchunsug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya-melioratsiya ob’yektlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash zarur, — deydi irrigator Aktam Usmonov. — Hozirda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan dolzarb vazifa — kanal va ariqlar betonlashtirilishi natijasida esa suvdan foydalanish koeffitsiyenti 90-95 foizgacha oshib, yo‘qotishlarning oldi olinadi. Shuningdek, bu tadbirlar dehqon dalasiga suv yetib borish vaqtinitejaydi, suvchi-miroblarning mehnatiyengillashadi.
Bu borada respublikamizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eng ko‘p yetkazib beruvchiSamarqand viloyatida 2024-2025 yillarda belgilangan rejaga ko‘ra, 5 ta muhim tumanlararo kanallarning jami 15 km rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari hisobidagi 364 km sug‘orish, klaster va fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki sug‘orish tarmoqlaridan esa 1 ming 345 km masofada betonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ma’lumki, suv tejamkorligida ilg‘or tajribalar va yangi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash muhimahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbarining 2024 yil yil 5 yanvardagi "Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori tasdiqlanib, mazkur qaror asosida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi. Qarorga asosan, “Agrobank” ATB tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha shaffof onlayn kredit ajratish imkonini beruvchi “Suvkredit.uz” elektron tizimi ishlab chiqilib, 2024 yil 1-fevraldan ishga tushirildi.Ushbu platforma orqali 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 14 foiz miqdorida onlayn kreditlar ajratilmoqda. Prezidentimizning ushbu qarori asosida fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar oldida turgan bir qator muammolarga yechim topildi. Jumladan, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit foizi miqdori 2 yillik imtiyozli davri bilan 14 %ga tushirildi. Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklari tomonidan kredit olish jarayonida garov ta’minoti majburiyati bekor qilindi. Avvallari bankdan kredit olish, subsidiya rasmiylashtirish, hujjat yig‘ish, garov-ta’minoti masalasi bilan bog‘liq ”yugur-yugurlar” va boshqa fermerlarni bezdiradigan noxush yumushlar soddalashtirildi. Bu kabi imkoniyatlar qisqa muddatda o‘z ifodasini ko‘rsatib, Samarqand viloyatida ham katta samara berib, klaster tashkilotlari va fermerlar tejamkor sug‘orish usullarining afzal jihatlarini anglab yetgani bois bu usul tobora ommalashmoqda. Jumladan,viloyatda 2025 yilda 13 ming 500 gektar maydonda tomchilatib, 3 ming 200 gektar maydonda yomg‘irlatib, 2 ming 600 gektar maydonda diskret, 5 ming 600 gektar maydonda egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish tizimi joriy etilishi ishlari amalga oshirilmoqda. Bu orqali o‘rtacha 61 million metr kub suv tejalishiga va iqtisod qilingan suv hisobiga 18 ming gektar maydondagi takroriy ekinlarni suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Suv-sovg‘a emas, omonat
Suv muammosi haqida gap ketar ekan, yana bir og‘riqda masala : Yuqori hosil olishga bo‘lgan ishtiyoq asosida, sug‘orilmaydigan yerlarga artizan «urish» urfga kirganini ta’kidlash lozim. Bugungi kunda minglab gektar g‘alla maydonlari, paxta dalalari yer osti ichimlik suvi bilan sug‘orilmoqda. Mamlakatdagi suv resurslari yildan-yilga kamayib borayotgani, yerosti suvlariga ortgan bog‘liqlik va artezian quduqlar orqali suv olish amaliyotining keskin ko‘payishi bu muammoni yanada og‘irlashtirishi mumkin. Artezian suvlarni nazoratsiz qazish va ortiqcha foydalanish yerosti suv sathining keskin pasayishiga, tabiiy ekotizimlar buzilishiga va kelgusida butun hududlarda quruqchilik xavfining ortishiga olib kelishi mumkin. Demak, joylarda hamon davom etayotgan artezian suvlaridan toza ichimlik suviga bo‘layotgan «tajovuz»larni to‘xtatishimiz darkor. Ma’lumotlarga ko‘ra, artizan suvidan 20 daqiqa oqqan suv sarfi evaziga, tomchilatib sug‘orish joriy etish bilan 8,4 tonna bug‘doy yoki 15 tonna kartoshka olish mumkin ekan. Shunday ekan, toza ichimlik suvini bugundan qadrlab, bu borada samarali chora tadbirlar belgilab olishimiz lozim. Bu borada tumanlardagi barcha artizanlar asosida suv oluvchilarga majburiy tomchilatib sug‘orish tizimini qat’iy joriy etish, tarmoqlarni to‘liq raqamlashtirish,shu maqsadda suv xo‘jalik nazorati inspeksiyasi xodimlari vakolatini kengaytirish kabi ishlar orqali muqarar muammoning oldini olishga erishishimiz mumkin.
Shu o‘rinda yana bir ma’lumot: dunyoda har yili 5 yoshdan kichik bo‘lgan o‘rtacha 297 ming bola tozalanmagan ichimlik suvi iste’mol qilgani yoki ana shunday suv bilan qo‘l yuvishi natijasida diareya kasalligiga uchrab vafot etmoqda. Shu dahshatli raqamlarning o‘zi ham tomchi suvni qadrini bugundan anglashimiz uchun asos bo‘ladi, yo‘qsa ertaga kelgusi avlod oldida aybdor bo‘lib qolishimiz aniq. Agar shu bugundanoq yerosti suvlariga va artezian quduqlarga munosabat radikal o‘zgarmasa, kelajakda suv tanqisligi muammosini afrikaliklar kabi “o‘z badanimizda” chuqurroq his etishimiz mumkin bo‘ladi.
Suvning sukunatdagi fig‘oni
Suv — hayot manbai, degan ibora hammaga ma’lum. Biroq so‘nggi yillardagi voqealar shunchaki shiorlar bilan ish bitmasligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Suv isrofi faqat tabiiy omillar tufayli emas, balki inson omili — e’tiborsizlik, samarasiz boshqaruv oqibatida ham yuz bermoqda. Suv tejash faqat fermerlar yoki davlat muassasalarigagina daxldor emas. Har bir fuqaro, har bir oila, har bir tashkilot bu masalada mas’uliyatni his etishi kerak. Og‘ir oqibatlarning oldini olish uchun hozirdan harakat zarur. Suvni tejash faqat qonun bilan emas, balki ma’naviy tarbiya bilan ham amalga oshirilish lozim. Bu borada esa suv tejash madaniyatini shakllantirish, maxsus dasturlar orqali fuqarolarga suvning qadri, undan oqilona foydalanishning ahamiyati bog‘chadan boshlab tushuntirilishi, axborot makonida, ayniqsa, televideniye, internet olamida suv madaniyati haqida izchil, tizimli ta’lim va targ‘ibot jarayonini yo‘lga qo‘yish kerak. Chunki eng yaxshi texnologiya ham inson ongi o‘zgarmas ekan, kutilgan samarani bermaydi.
Oddiy haqiqat: Bizning asosiy boyligimiz — yer ham, neft ham emas. U — suv. Suv bu — oddiy suyuqlik emas, Ona yurtning ko‘kragidan oqayotgan nafas! Uni himoya qilmasak, suvsizlikda— faqat to‘proq emas, umidlar ham quriydi. Suvning sukunatdagi fig‘oniga quloq tutaylik — bu tabiatning oxirgi ogohlantiruvi bo‘lishi mumkin!
Shuhrat Normurodov.