Hafta davomida havo harorati 35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, Seshanba kunidan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq va quruq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 14 aprel kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat +29...+32 darajani tashkil etadi. Havo harorati shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +35...+37 darajagacha bo‘ladi.
Respublikaning ba’zi joylarida 11-14 aprel kunlari shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 10-11 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
10-11 aprel kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.