Hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tariladi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 28 fevral va 1–2 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim tumanlarida 2 mart kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 2 martda kechasi +2...+7 darajani, kunduzi +17...+22 darajani tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 27–28 fevral kunlari qor ko‘chishi xavfi bor.

3 martda respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha bulutli havo kuzatiladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va +12...+17 darajani tashkil etadi.

2–3 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda.