Hafta davomida mamlakatimizda qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 17-20 dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 dekabrda 5-10 daraja sovuq, 18-20 dekabrda 2 daraja sovuq 3 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 17-19 dekabrda 3-8 daraja iliq, 20 dekabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, 18 dekabrda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 17 va 20 dekabrda 5-10 daraja iliq, 18-19 dekabrda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 17 va 20 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 va 20 dekabrda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, 18-19 dekabrda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 17 dekabrda 8-13 daraja iliq, 18-19 dekabrda 3-8 daraja iliq, 20 dekabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 dekabrda 0-5 daraja iliq, 19 dekabrda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 17 dekabrda 10-15 daraja iliq, 18-20 dekabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-18 dekabrda 0-5 daraja sovuq, 19-20 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, 17 va 20 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 dekabrda 3-8 daraja sovuq, 18-20 dekabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 darajasovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.