Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi?

Kecha mamlakatimiz aholisi kuz kirib kelganini his qildi – O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududidan salqin havo oqimi kirdi va kunduzgi harorat 4-6 darajaga pasayib, 26-28 daraja issiqni tashkil qildi.

Ayniqsa, bugun kechasi va ertalab sovuq antitsiklonning ta’siri  sezildi – kechasi havo harorati pasayib 10-13 daraja bo‘ldi, kunduzi 25-30 darajagacha isiydi.

Ikki kun davomida respublikamiz hududi antitsiklon ta’sirida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmidagina havo isiy boshlaydi. Kechasi harorat 12-17 daraja, 8-9 sentyabrda kunduzi 25-30 daraja, 10-12 sentyabrda 27-32 darajani tashkil qiladi.

Bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan 3-6 darajaga pastdir, deya xabar berdi "O‘zgidromet".