Hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda? Tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 4-6 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy hududlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.
4 mayda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
5 mayda respublikada ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
6 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
4-6 mayda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.
4-7 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.