Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha sovuq antitsiklon saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat kunning ikkinchi yarmida tog‘ning alohida tumanlarida qisqa muddatli qor yog‘ishi mumkin. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Ertadan sovuq antitsiklon asta-sekin chekinib, Qozog‘istonning shimoliy-sharqiy qismiga harakatlanadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, 5-10 daraja iliqni tashkil etadi, kechasi 0-5 daraja sovuq havo saqlanib turadi.

Chorshanba kunidan boshlab haftaning oxiriga qadar O‘zbekiston hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi va bu me’yordan 3-5 daraja yuqori.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, hafta davomida Respublika bo‘yicha ayrim joylarda tuman tushishi sababli kechasi va ertalab ko‘rinish pasayishi mumkin.