Hafta davomida quruq va past haroratli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. Cho‘l hududlarida va Farg‘ona vodiysida shamolning tezligi soatiga 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Kunduzgi harorat +12...+15 daraja, respublika shimolida +7...+12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi harorat +2...+7 daraja iliq, shimolning ba’zi joylarida -3 daraja sovuq bo‘ladi.
19 apreldan boshlab antitsiklon respublika hududidan chekina boshlaydi va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 21-aprelga kelib kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +20...+25 daraja iliqni tashkil etadi.
Bugun sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.