Hafta davomida yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?
Bugun kun davomida O‘zbekiston hududida nisbatan sovuq havo oqimi o‘tadi. Kunduzi harorat bir oz pasayib, iqlim me’yorlariga yaqinlashadi va 18-23 darajani tashkil etadi.
Bir necha kun davomida antitsiklon ta’siri sezilib turadi. Respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli bo‘lib, past harorat foni kuzatiladi. Kechasi 3-8 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar shu davr uchun xos bo‘lgan iqlim me’yorlaridir.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ish haftasining oxiriga kelib antitsiklon sharqqa tomon siljiydi va bosim pasayadi, bu haroratning ozgina - 2-3 darajaga ko‘tarilishiga olib keladi.