Hafta o‘rtasida harorat biroz pasayadi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, yangi ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Faqat 23-34 may kunlari respublikaning sharqiy hududlarining eng chekka qismida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qozog‘iston hududi ustidagi joylashgan antitsiklonning ta’siri hafta o‘rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati +25...+30 daraja atrofida bo‘ladi.

Ish haftasining oxiriga kelib, harorat yana +31...+33 darajagacha ko‘tariladi. 23-24 may kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s.gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.