Haftada 5 kun o‘qish

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi yig‘ilish bayonida umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarini (1 — 4-sinflar) haftasiga 5 kunlik o‘qish jarayoniga o‘tkazish vazifasi belgilangan. Bundan ko‘zlangan maqsad ¬- ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olishlariga yanada ko‘proq imkoniyat yaratish, ota-ona va farzandlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash hamda oilaviy an’analarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, bunday imkoniyat orqali o‘quvchilar ota-onalari bilan birgalikda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohat qilishlariga zamin yaratiladi. Qolaversa, haftaning shanba kunlari muassasalarda o‘quvchilarning qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda turli fan to‘garaklari, sport seksiyalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etiladi.

Joriy o‘quv yilida faqat 1-sinf o‘quvchilari yangi tartib bo‘yicha o‘qishni davom ettiradi.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.