Halokatga uchragan samolyot uchuvchisining ruhi bolakayga o‘tdi
2002 yilda 11 yashar Jeyms Leyninger ismli bola teleko‘rsatuvga chiqib, ikkinchi jahon urushida samolyotda halok bo‘lgan uchuvchi sifatida o‘tgan hayoti haqida batafsil so‘zlab berdi.
Uning ota-onasi Bryus va Andrea Leyninger kechalari bolakayning uyqusida “Meni urishdi”, “Pastga qarab qulayapman”, “Alanganing ichidaman, chiqib ketolmayman”, degan hayqirig‘idan tez-tez uyg‘onishgan. U ota-onasiga samolyotlar to‘g‘risida tez-tez gapirib turardi. U ularni shunchalik yaxshi bilar ediki, aytib berganlari uch yoshli bola uchun aql bovar qilmaydigan darajada edi.
Bola to‘rt yoshga kirganda onasi Andrea uning o‘tmish hayotidagi xotiralari uni bezovta qilayotganiga, u samolyotlar va urush to‘g‘risida to‘xtovsiz gapirib berishiga e’tibor qarata boshladi.
Vaqt o‘tib bolakay sobiq uchuvchining hayoti, u qayerda yashaganligi, nima qilgani, kim bilan do‘st bo‘lganligi va kim tomonidan otib tashlangani haqida batafsil hikoya qila boshladi.
Ota-ona kamdan-kam uchraydigan reinkarnatsiya bilan shug‘ullanadigan shifokor Kerol Boumenga murojaat qilishdi. Bir-ikki izlanishdan so‘ng shifokor 60 yil oldin samolyot qulashi oqibatida vafot etgan uchuvchi Jeymas Xyustonning ruhi bolakayga o‘tganini hayrat bilan tan oldi.
Ushbu hikoya ilm-fan nuqtai nazaridan ham kam uchraydi. Parapsixologiya sohasidagi olimlar hali ham reinkarnatsiya sodir bo‘lishini isblotlay olmagan.
Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.