Hamma kitobni ham o‘qishga majbur emassiz

Kitob - bu insonni rivojlanishi uchun xizmat qilishi kerak. Siz do‘kondan yangi kitob sotib oldingiz va o‘qidingiz, u esa yoqmadi. Muammo yo‘q, uni olingda paketga joylab, kitob javoningizga qo‘ying. Biror do‘stingizga sovg‘a qilasiz.

Har bir olingan kitob o‘qishli bo‘lavermaydi. Eng zo‘r kitobingiz bo‘lsa ham agar sizga ma’qul kelmasa, vaqtingizni bekorga sarflamang. Shuncha pulga sotib oldim, o‘qishim kerak, uvol bo‘lmasin degan gapni yig‘ishtiring. O‘zingizga yoqmagan kitobni o‘qish, kitobga bo‘lgan qiziqishni o‘ldiradi. Insonni zeriktiradi. Nima qilish kerak unda?
Hammasi oddiy. Yangi kitob oling, o‘qing, yoqmasa yana kutubxonangiz boyiydi. Bunaqada “bankrot” bo‘laman demang, oilangizdagi kimgadir biror kun kerak bo‘lib qolar. Ulardan biri o‘qir. Bu degani, albatta, sotib olish degani emas, biror tanishingizdan so‘rab tursangiz ham bo‘ladi. Hamisha yaqinlaringizga, ustozlaringizga va barcha qadrli insonlaringizga kitob sovg‘a qiling va muqovasiga ismingizni yozib qo‘yish esdan chiqmasin.

Diyorbek Turg‘unpo‘latov,
Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi (Toshkent viloyati).