Haqiqiy emasdek tuyuladigan g‘ayrioddiy daraxtlar
Qayerga bormaylik, hatto katta shaharlarning markazida ham ko‘chalarni bezatib turgan tabiatimizning ajralmas qismi hisoblanmish daraxtlarni uchratamiz. Ularning aksariyati oddiy, haqiqiy va tanish.
Lekin to‘satdan inson yuz xususiyatlari yaqqol ko‘rinib turadigan daraxtni ko‘rsangiz nima qilgan bo‘lardingiz? Yoki o‘z joyidan "qochish"gaurinayotgan yoki erib ketayotgan daraxtni-chi? Quyidagi g‘ayrioddiy tanlovda shu va shunga o‘xshash boshqa ko‘plab ona tabiat yaratgan mo‘’jizaviy daraxtlar bilan tanishamiz.
***
Ushbu ajoyib daraxt “telpagi”ning kengligi 51 metrdan oshadi
Bu daraxt o‘z “turar” joyida biror nojo‘ya ish qilib qo‘yganga o‘xshaydi. Shu sababli bo‘lsa kerak, u bu yerdan qochib ketish harakatini qilyapti
Bu daraxt eski xashak saqlanadigan minora bo‘ylab bo‘y cho‘zibdi
“Erib ketayotgan” daraxt
Rang-barang evkaliptining yorqin ranglari
Bunday evkalipt 60-75 metr balandlikkacha yetadi.Turning o‘zi ko‘p rangli po‘stlog‘i bilan boshqa evkalipt turlaridan farq qiladi. Yetuk daraxtlarning tanasi kamalakning barcha ranglari bilan bo‘yalgandek va qobig‘i vaqti-vaqti bilan rangini o‘zgartirib turadi.
Bu “donishmand” shunchaki yuqoridan pastgaqarab o‘sishga qaror qilibdi
Ba’zi daraxtlar yo‘l belgilari, kalit yoki egalari unutib qoldirgan narsalarni "yeyish"ni yaxshi ko‘radi
Baobab o‘z tanasida taxminan 120 ming litr suvni sig‘dirishi mumkin
Kritda hali ham meva beradigan dunyodagi eng qadimgi zaytun daraxti bor
Apuliya mintaqasida (Italiya) o‘ychan daraxt topildi. Qiziq, u nima haqida qayg‘uryapti ekan?
Eski daraxt ichida yangi daraxt unib chiqdi
Odamlar 1000 yoshli tis daraxti ichida ibodatxona qurdi
G‘alaba arkasi
Janubiy Karolinadagi 1500 yoshli eman daraxtihar bir faslda o‘zgacha ko‘rinish beradi
Jon-jahdi bilan dyevorga yopishgan daraxt. Kimdir mehrga zor shekilli...
Juda ajoyib kadr, balli fotosuratchi!
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.