Har kim Konstitutsion o‘zgarishlarda o‘zi, oilasi, umuman, davlat va jamiyatni bezovta qilib kelgan muammolar yechimini ko‘ryapti

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasining xalq o‘rtasida olib borilayotgan muhokamasida viloyat deputatlari faollik ko‘rsatmoqda.

Hozirda viloyat Kengashining barcha deputatlari

o‘z saylov okrugida bo‘lib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining saylovchilar, elektorat vakillari va aholi o‘rtasida umumxalq muhokamasini tashkil qilishda ishtirok etmoqda.

Xuddi shunday uchrashuvlar Samarqand shahrining 1-Bog‘ibaland saylov okrugidan saylangan viloyat deputati Badriddin Nasriyev tomonidan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar rasmiyatchilikdan yiroq, samimiy tarzda o‘tmoqda.

Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlarni fuqarolarimiz ko‘tarinki kayfiyatda kutib olmoqdalar va faol qo‘llab-quvvatlamoqdalar.

Huddi shunday uchrashuv Samarqand shahrining "Qir" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda ta’kidlanganidek, har bir inson ushbu hujjatda o‘zi, oilasi, mahallasi, jamiyat va davlatni yillar davomida bezovta qilib kelgan muammolari yechimini ko‘rmoqda. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi yurtimiz kelajagi, vatanimiz taqdiri va kelgusi taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, ushbu jarayonda o‘z kelajagi uchun befarq bo‘lmagan har bir insonning faol ishtiroki muhim.

Muhokamalarda, nafaqat, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida tushunchalar berilmoqda, balki jamoatchilik tomonidan loyiha yuzasidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar har tomonlama o‘rganilmoqda.

Mazkur Qonun loyihasini xalqimiz, jamoatchiligimiz bilan keng muhokama qilish Bosh qomusimizning pishiq-puxta, yanada xalqchil, tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifoda etuvchi, haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘lishiga xizmat qiladi.