Harbiy garnizonda endi kechayu kunduz kitob o‘qish imkoniyati bor

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni tashabbusi bilan Samarqand garnizonida tanaffussiz faoliyat yuritadigan “Kitob–24” ma’naviyat va ma’rifat markazi ochildi.

Harbiylar va ularning oila a’zolarining kitobga, mutolaaga bo‘lgan mehrini oshirishga xizmat qiluvchi bu ziyo maskanining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda harbiylar va ularning farzandlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning samaralari xususida so‘z bordi. Kitobsevarlar ixtiyoriga topshirilgan ushbu markaz harbiylar va ularning oila a’zolari uchun yaratilgan yana bir imkoniyatdir.

Husan G‘OZIYeV,

kapitan.