Harbiy shaharchada ham ko‘chma yarmarka tashkil etildi

Samarqand harbiy prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi qarshi kurashish departamenti shahar bo‘limi tashabbusi bilan Samarqand garnizonidagi 16-harbiy shaharchada oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan yarmarkasi tashkil etildi.

Shuningdek, mas’ullar harbiy shaharchada joylashgan savdo do‘konlaridagi narx-navoni o‘rgandi. Hududda dezinfeksiya va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Shaharchada yashayotgan pensioner harbiylarga esa “Xalq banki”ning hududiy filiallari bilan birgalikda pensiya pullari yetkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.