Harbiy xarajatlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan davlatlarni bilasizmi?
Dunyodagi barcha davlatlarning yillik harbiy xarajatlari hisoblaganda 2 trillion dollardan oshib ketadi.
Harbiy xarajatlar bo‘yicha dunyoda AQSh mutloq yetakchi hisoblanadi va uning harbiy xarajatlar uchun sarflayotgan mablag‘i Yer yuzida harbiy xarajatlar uchun sarflanayotgan mablag‘ning 35% ni tashkil etadi.
Harbiy xarajatlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan o‘n beshlik qo‘yidagilar:
(Raqamlar milliard dollarda ko‘rsatilgan. Foizlarda ko‘rsatilgan raqamlarda harbiy xarajatlar mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotining necha foizini tashkil etishini bilish mumkin)
- AQSh 610 3.1%
- Xitoy 228 1.9%
- Saudiya 69.4 10%
- Rossiya 66.3 4.3%
- Hindiston 63.9 2.5%
- Fransiya 57.8 2.3%
- Buyuk Britaniya 47.2 1.8%
- Yaponiya 45.4 0.9%
- Germaniya 43.3 1.2%
- Janubiy Koreya 38.2 2.6%
- Braziliya 29.3 1.4%
- Italiya 29.2 1.7%
- Avstraliya 27.5 2.0%
- Kanada 20.0 1.3%
- Turkiya 18.2 2.2%
Eslatma: Dunyodagi turli davlatlarining harbiy xarajatlari ko‘plab manbalarning hisob-kitoblariga ko‘ra qilinadi. Bu yerda sipri.org manbasi asosidagi ro‘yxat keltirilayapti.