Harbiylar yot illatlarga qarshi
Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlariga qarashli safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida “Diniy ekstremizm va terrorizmning tinchlik va barqarorlikka ta’siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Samarqand viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi va batalon qo‘mondonligi hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatida terrorizm va ekstremizm kabi mudhish xatarlar insoniyat boshiga og‘ir kulfatlarni solayotgani, ayrim yoshlarning bilib-bilmay turli yot oqimlarga qo‘shilib ketayotganligi xususida so‘z bordi.
Tadbirda «Islom: mohiyat va talqin» videofilmi namoyish etildi.
***
Samarqand shahridagi harbiy qismda «Hijrat zulm qilish degani emas» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimi va harbiy qism mas’ullari terrorizm va ekstremizmning salbiy oqibatlari, bugungi kunda aksariyat yoshlar diniy bilimlarining yetarli emasligi tufayli yot g‘oyalar ta’siriga tushib, kelajagini barbod qilayotganini ta’kidlab, bunday jarayonlarda barcha doim ogoh bo‘lishi, soxta va g‘arazli talqinlarni farqlay olishi lozimligini qayt etdi.
Shuhrat UMBAROV.