Harbiylarga giyohvandlikka qarshi kurash to‘g‘risida seminar o‘tkazildi
Past Darg‘om tumanida joylashgan harbiy qismda “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.
Ofitserlar, shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjant va oddiy askarlar ishtirok etgan tadbirda Samarqand harbiy prokurorining katta yordamchisi H.Meliyev, viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi mas’ul xodimi S.Qayumovlar giyohvandlik jinoyatchilik va zo‘ravonliklarni keltirib chiqaradigan oqibatlardan biri ekanligi haqida so‘z yuritdi. Giyohvandlikka qarshi kurashish, respublikamiz hududiga narkotik moddalar tarqalishining oldini olishda huquq-tartibot idoralari tomonidan keskin kurash olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Tadbirda harbiylar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar xususida ham ma’lumot berildi.
Ishtirokchilarga jamiyatimizda giyohvandlik ko‘chasiga kirib qolgan kimsalar hayoti tasvirlangan videofilm namoyish etildi.
Shuhrat Umbarov.