Havo generatori yuzlab megavatt energiya hosil qiladi

Ob-havo bilan bog‘liq yana bir g‘oya muallifi amerikalik muhandis Entoni Mamo. Siklonlar va antitsiklonlar tasvirlangan kartani o‘rganib, u mamlakatning bir rayonida yuqori bosim, ikkinchi bir rayonida past bosim ustunligini aniqladi.

Xo‘sh, nima uchun ularni quvur bilan birlashtirish mumkin emas? Shunda bosim yuqori bo‘lgan tomondan past bosim tomonga havo esa boshlaydi. Uning tovushdan tez harakatidan quvur ichiga o‘rnatilgan turbina yanada kuchli aylanadi.

Entoni Mamo ixtirosi (o‘zi vafot etgan) u asos solgan firma mutaxassislari tomonidan amalga tatbiq etilyapti. Firma direktorining aytishicha, qurilgan elektrstansiya quvvati yuzlab megavatt energiya hosil qilishga qodir.

T.ShOMURODOV tayyorladi.