Haydovchilar mehnat ta’tiliga chiqarildi

Karantin paytida barcha turdagi jamoat transportlari harakati butunlay to‘xtatildi. Ammo bugungi kunda avtokorxonalarning yuzlab haydovchi va ishchilari nima bilan mashg‘ul? Ular ishlamasa, qanday qilib ro‘zg‘or tebratishadi? Ularning haq-huquqlari ta’minlanganmi?

Ulug‘bek BOTIROV, Samarqand shahri.

- Karantin davrida Samarqand shahrida aholiga xizmat qiladigan jamoat transportlari harakatlari cheklanganligi sababli 59 ta «Isuzu» yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarga ega avtokorxonamizda ham ishlar vaqtinchalik to‘xtatildi. Barcha haydovchi, konduktor va texnik xodimlarga haq to‘lanadigan mehnat ta’tili berilgan. Ularga to‘liq ish haqi, mehnat ta’tili hamda mukofot pullari to‘lab berildi. Shuningdek, hozirgidek o‘ta qiyin vaziyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj xizmatchilarimizga moddiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Ahmadjon HAYDAROV, «Suhrobtrans» MChJ direktori o‘rinbosari.