Hayot haqiqati: mashaqqatli mehnat qilmagan odam, yayrab rohatlanishning ta’mini his qilmaydi 

* Oylikni kutib ishlashdan ko‘ra, har kuni halol yo‘l bilan topganingizni bilib ishlagan yaxshi samara beradi. 

* Vaqt o‘tsin, deb biror narsani kutmang. Vaqt o‘tmaydi, Siz o‘tib borasiz. 

*Hamma rejalarni o‘z vaqtida bajarishga ulgurib boring, aks holda bular Sizni orqada qolib ketishingizga sababchi bo‘ladi. 

* Abadiy hayotning jannat degan ne’matlari turganda, bu foniy dunyoda qolib ketadigan mulkka, soxta obro‘ga va orzu havaslariga talashmaylik. Jamiyatga, millatga, insonlarga, insoniyatga yaxshilik qilib, jannatdan joy olishga talashaylik. 

* Borligingizga, sizga berilgan imkoniyatlarga hamisha shukur qiling. Siz tengilarning qanchasi bugun yoningizda yo‘q.

Mamayunus Pardayev,

iqtisod fanlari doktori, professor.